0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Ko‘p yillar davomida aholiga transport xizmatini ko‘rsatib, har bayram kunlarida chellenj o‘tkazib kelayotgan "Magic key" MCHJ tomonidan yana bir aksiya e’lon qilinmoqda. Aksiya bugun, 14-noyabr kunidan boshlab davom etadi.
202-sonli "Nukus Markaziy bozor - Oqmang‘it dehqon bozori" (Nukus tumani) yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi mikroavtobuslar avval yo‘l haqi 8000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, aksiya davomida xalqqa qulaylik yaratish maqsadida yo‘l haqi 4000 so‘m bilan xizmat ko‘rsatish belgilandi.
Xalqimiz uchun shunday imkoniyatlar yaratayotgan "Magic key" MCHJ ga Transport vazirligi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
