Jamoat transporti - teng imkoniyatlar va inson qadri belgisi!

Chop etish Sahifani ulashish
28.04.2026 49 Yangiliklar

Nukus shahri jamoat transportining nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayligi bo‘yicha O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi, Ijtimoiy Inspeksiya va Transport nazorati inspeksiyasi bilan birgalikda Jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

 Nazorat tadbiri davomida jamoat avtobuslarida quyidagi sharoitlarning mavjudligi ko‘zdan kechirildi:

 Panduslar va jihozlar: Avtobuslarda aravachalarda harakatlanadigan shaxslar uchun panduslarning soddaligi.

 Maxsus joylar: Salonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan o‘rindiqlar va ularning belgilanishi.

 Axborot muhiti: Eshitish va ko‘rish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun bekatlarni e’lon qilish tizimi va axborot tablolari.

Haydovchilar madaniyati: Haydovchilarning imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalari.

Maqsad: Shahar transportidan foydalanishda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish va "to‘siqsiz muhit" tamoyillarini hayotga tatbiq etish.