YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Chop etish Sahifani ulashish
18.03.2026 26 Yangiliklar

Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Dunyo taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va ularning intellektual salohiyati muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda yoshlar yetakchilari yoshlar bilan joylarda ularning muammolari bo‘yicha ish olib bormoqda. Aynan bugungi davrda davlatimiz rahbari ta’kidlayotgan asosiy muammolardan biri bu yoshlar bandligidir.

Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘maklashish, ularga har tomonlama yordam berish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri v.v.b B.Seytmuratov Nukus shahri "Oq yog‘och" MFY hududidagi biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining qaysi kasbga qiziqishlari bo‘yicha, hozirgi vaqtda duch kelayotgan muammolarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi lozimligini bildirdi.