Taksi haydovchilariga pullik to‘xtash joylarida 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat beriladi

Chop etish Sahifani ulashish
11.03.2026 15 Yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tib, taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolar uchun:

- belgilangan ijtimoiy soliqni to‘lashda 30 foizgacha chegirma berish;

- davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pullik avtomobil to‘xtash joylaridan 30 daqiqagacha foydalanishga ruxsat berish;

- huquqbuzarlik va yo‘l-transport hodisasi yuz bermasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga "Tabiat himoyachisi" ko‘krak belgisini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.