0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hududlarga tashriflar davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda jamoat transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Transport vazirligi hamkorligida avtobus haydovchilari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.
Joriy yilning 7 – 20-avgust kunlari Nukus shahrida "Sapsan Trans Nukus" MCHJ korxonasida faoliyat yuritayotgan 40 nafar avtobus haydovchisi "Jamoat transporti avtobuslarda yo‘lovchilarga tashish xizmatlarini ko‘rsatish" yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi.
O‘quv mashg‘ulotlari Germaniya Federativ Respublikasining "DB" mutaxassislari tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan hamda Yevropa tajribasi va milliy ta’lim dasturlari uyg‘unlashtirilgan o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy trener-haydovchilar tomonidan olib boriladi.
