10-IYUN - AVTOMOBILSIZ KUN

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2026 6 Yangiliklar

Ekologiyani yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazildi.

 Aksiya davomida qisqa masofalarda shaxsiy avtomobildan foydalanmasdan, jamoat transporti, velosiped yoki piyoda yurish tavsiya etildi.

 Ushbu tadbir havoga zararli gazlar chiqarishni kamaytirishga, shahar ko‘chalaridagi transport tirbandligini kamaytirishga va ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.