2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasi rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
31.10.2025 101 Yangiliklar

“Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–193-son, 27.10.2025-y.) qabul qilindi.

2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;

 -xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;

 -O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.

 2026-yil 1-yanvardan “O‘zaviatsiya” agentligini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi.

 2025-yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.