#Hashar

Chop etish Sahifani ulashish
13.03.2026 27 Yangiliklar

"El farovonligi, eng avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida ikki kun davom etadigan "Toza shahar" ekologik aksiyasi bugun poytaxtimiz Nukus shahri markazida start oldi.

Bugungi "Toza shahar" aksiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat tashkiloti xodimlari faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

"Toza shahar" aksiyasida barchamiz birlashib, yurtimiz obodligi va mahallalarimiz tozaligiga har biringiz hissa qo‘shib, faollik ko‘rsatishga chaqiramiz.