A380 avtomobil yo‘lining Amudaryo tumanidan o‘tgan qismi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.01.2026 70 Yangiliklar

Xalqaro ahamiyatdagi A380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 718–723-kilometrlar oralig‘idagi qismi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani hududidan o‘tgan mazkur yo‘l qismida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari natijasida avtomobil yo‘lining texnik holati yaxshilanib, harakat xavfsizligi va transport oqimining uzluksizligi ta’minlandi.