Ochiq muloqot. Ishbilarmonlar bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
15.04.2026 50 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Usmanov Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov, Avtomobil transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tosheev, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Aniyozov va respublikamizda yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirayotgan va qiynayotgan masalalar bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi. Savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.