0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Ma’lumki, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yo‘l haqi tushumlariga bog‘liq. Har bir yo‘lovchining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yo‘l haqini to‘lashi - avtobuslarning barqarorligi, xizmat sifati va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat tashkiloti nazoratchilari tomonidan avtobuslarda yo‘l haqi to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qarshi reyd tadbirlari olib borilmoqda.
2026 yil boshidan bugungi kunga qadar avtobuslarda chiptasiz yurgan 121 nafar yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi bayonnomasi rasmiylashtirilib, jarimalar qo‘llanilgan.
