Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
19.11.2025 80 Yangiliklar

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Konferensiyada Transport vaziri P.Kaipbekov, Nukus xalqaro aeroporti direktori o‘rinbosari Q.Nuratdinov, "Uzairways" vakili I.Qudaybergenov, Nukus temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i B.Mustapayev, Transportni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi M.Jiemuratov va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Dastlab transport sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha keng to‘xtalib o‘tildi. So‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha javoblar oldi.