0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Hududlarga kunlik amaldagi 85 ta reyslardan tashqari, Toshkentdan Zarmitan, Nurota, Zarafshon, Uchquduq, Xatirchi, Qarshi, Shahrisabz, Uzun, Xiva va Nukusga qo‘shimcha 23 qatnov bajariladi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida ichki turizm hamda aholining hududlararo harakatlanishga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yo‘nalishlarda uzluksiz ravishda qo‘shimcha qatnovlar tashkil etib borilishini ma’lum qilamiz.
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan, shuningdek, ATTO va avtoticet.uz sayti hamda mobil ilovalari orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: 71 207-87-00
