Beruniy tumanida Transport vazirining sayyor qabuli o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
01.07.2026 37 Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Transport vaziri B.Seytmuratov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.


Sayyor qabulning asosiy maqsadi - fuqarolarning murojaatlarini eshitish, ularni qiziqtirgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashdan iborat.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan jamoat transporti xizmatini takomillashtirish, avtobus qatnovlarini yaxshilash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Transport vaziri har bir fuqaroning murojaatini diqqat bilan tinglab, tegishli masalalar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berdi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha tegishli xodimlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Qabul yakunida fuqarolar bilan ochiq va yaqin muloqot olib borish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.