DIQQAT TENDER

Chop etish Sahifani ulashish
07.04.2026 2 Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shahar atrofi yo'nalishi, shaharlararo-viloyat ichi yo'nalishi bo'yicha navbatdagi ochiq tender 2026-yil 7-may kuni soat 12:00 da bo'lib o'tadi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz (https://e-tender.uztrans.uz/) axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 6-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

 Tenderga joylashtirilgan yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish, tizimdan foydalanish bo'yicha qo'llanmalarni yuklab olish e-tender.uztrans.uz (https://e-tender.uztrans.uz/) veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Tender takliflarini yuborish uchun to'lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi kerak.

Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShYT-228 — Xo'jayli avtovokzali-Sari oltin OFY (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT-360 — Akmangit-Kegeyli AS (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT-391 — Qarauzyak avtostantsiyasi-Karabuga OFY (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT-473 — Shabbaz diyxan bazari-Kurbag (Ikkala tomondan) (M1)

Shaharlararo yo'nalishi
▸ VX-577 — Suenarim elati-Nokis arka batis AV (Ikkala tomondan) (M3)