0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri v.v.b B.Seytmuratov soha mutaxassislari bilan birgalikda Xo‘jayli tumani "Tutzor" MFY hududidagi fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hudud aholisi va Xo‘jayli tumani hududida transport sohasida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Xo‘jayli tumanining barcha hududlarida transport qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar tomonidan yo‘llarni asfaltlab berish bo‘yicha berilgan murojaatlar soha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi va tegishliligi bo‘yicha mahalliy hokimiyat, Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga taklif kiritish uchun topshiriqlar berildi.
