Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
21.05.2026 25 Yangiliklar

Har kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda aholi turmush darajasini yaxshilash, yo‘lovchilarning transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalalari keng muhokama qilinmoqda.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov respublikamizda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan har kuni ochiq suhbatlar o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan fikr va takliflar amaliy jihatdan o‘rganilib, ularni tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ochiq suhbat davomida Nukus shahri "Taxiatosh trans servis" MCHJ tomonidan bildirilgan Taxiatosh tumani hududida bo‘sh turgan mikroavtobus yo‘nalishlaridan birini vaqtincha biriktirib berish bo‘yicha fikr va takliflari ko‘rib chiqildi. Ayni paytda korxona rahbari tomonidan elektron tender platformasiga ariza topshirish va litsenziya olish ishlari olib borilmoqda.