0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Shu yilning 18-19-sentyabr kuni 24A-sonli "Nukus shimoliy g‘arbiy avtovokzal-Harbiy prokuratura" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi elektrobuslar texnik sabablarga ko‘ra ya’ni elektrobuslarning quvvatlash stansiyalariga ta’mirlash ishlari olib borilishiga bog‘liq holda vaqtincha (2 kunga) to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz: Ushbu avtobus yo‘nalishining harakatlanish yo‘nalishida shahar ichidagi 6 va 24-sonli mikroavtobus yo‘nalishlarining xizmat ko‘rsatishi belgilangan hamda ushbu mikroavtobus yo‘nalishlaridan foydalanishingiz mumkin.
Texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
