Yo‘lovchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
07.04.2026 2 Yangiliklar

24A-sonli "Nukus shimoli-g‘arbiy avtovokzal-Harbiy prokuratura" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi elektrobuslar Nukus shimoli-g‘arbiy avtovokzaldan A.Dosnazarov ko‘chasi bo‘ylab Yuqumli kasalliklar shifoxonasi, E.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab Markaziy bozor orqali S.Kamalov (sobiq Tatibayev ko‘chasi bo‘ylab) Hamkor bank, Respublika bolalar shifoxonasi orqali A.Dosnazarov ko‘chasiga qayta tushib Ch.Abdirov ko‘chasi bo‘ylab QQDU bosh korpusi hamda Endokrinologiya shifoxonasi (xalq tilida Sahr shifoxonasi) orqali oxirgi bekat Harbiy Prokuraturasigacha harakatlanib xalqqa xizmat ko‘rsatib turibdi.

Hurmatli yo‘lovchilar!

Yurtimizga olib kelinayotgan zamonaviy avtobus va elektrobuslarning ko‘p yillar davomida xalqqa xizmat qilishini ta’minlash maqsadida sizlardan avtobuslar salonida tozalik madaniyatini saqlashni hamda ichki jihozlariga zarar yetkazmasligingizni so‘rab qolamiz.

Avtobuslar faqat belgilangan bekat joylarida to‘xtab o‘tadi. Avtobusga chiqish uchun bekatlarda turishingizni so‘raymiz.