0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Dastlab, Oliy Kengash Raisi hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yaratilgan sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman hududida o‘z biznesini tashkil etib, yangi loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Ko‘rsatilgan har bir masala belgilab olindi. Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan ko‘maklashish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
