BAYRAM TABRIGI!

Chop etish Sahifani ulashish
26.10.2026 25 Yangiliklar

Yurtimizda shunday soha vakillari borki, ba’zida ularsiz hayotimiz biroz qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, transport sohasi vakillari xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda alohida xizmatlari bor. Shu bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida ham o‘ziga xos o‘ringa ega.

 Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasi "Transport sohasi xodimlari kuni" sifatida nishonlanadi.

 Yurtimizda xizmat ko‘rsatayotgan barcha transport sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

Ularga mustahkam sog‘lik, oilalariga omonlik, xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilaverishlariga tilakdoshmiz.

 Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz transportchilar!

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi