Ma’naviyat soati

Chop etish Sahifani ulashish
13.05.2026 31 Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida XX asr qoraqalpoq adabiyotining buyuk namoyandalari, xalqimizning ma’naviy merosi va adabiyotimiz rivojiga - ulkan hissa qo‘shgan ikki yirik shaxs, Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tug‘ilgan kunlari hamda "9 may xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi "Ma’rifat" o‘quv-maslahatchilar guruhi a’zosi, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti X.Kabulov va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Ma’naviyat soatida XX asr qoraqalpoq adabiyotining buyuk namoyandalari, xalqimizning ma’naviy merosi va adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ikki yirik siymo, Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovning hayoti va ijodi hamda "9 may xotira va qadrlash" kuni bu shonli sanani cheksiz quvonch bilan birga chuqur qayg‘u-hasrat bilan eslab, Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch va osoyishta kunlar uchun jang maydonlarida jonini fido qilgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimiz haqida keng ma’ruza qildi.