Ma’naviyat soati

Chop etish Sahifani ulashish
03.12.2025 98 Yangiliklar

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

Unda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Q.Mambetov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi "Ma’rifat" o‘quv-maslahatchilar guruhi a’zosi, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti X.Kabulov va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Ma’naviyat soati ishtirokchilari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - munosib mehnatning huquqiy kafolati" mavzusida Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyati, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan keng ma’ruza qilindi.