Ma’naviyat soati

Chop etish Sahifani ulashish
13.04.2026 47 Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi "Ma’rifat" o‘quv-maslahatchilar guruhi a’zosi, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti X.Kabulov va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Ma’naviyat soati ishtirokchilari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - munosib mehnatning huquqiy kafolati" mavzusida Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyati, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan keng ma’ruza qilindi.