Moskva-Nukus-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
24.03.2026 22 Yangiliklar

Joriy yilning 4-aprel sanasidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Pobeda aviakompaniyasi tomonidan Moskva-Nukus-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha avia qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Aviaqatnovlar haftaning dushanba, chorshanba, shanba kunlari amalga oshiriladi.

➖Nukusdan uchib ketish soat 08:20;
➖Moskvaga yetib borish soat 11:00;
➖Moskvadan uchib ketish soat 03:30;
➖Nukusga yetib kelish soat 07:00.

Chiptalarni aviakassalar va rasmiy saytlardan olishingiz mumkin.