0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Reyd tadbirlarining asosiy maqsadi - yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarni tashish sohasida qonun talablari bajarilishini nazorat qilish va noqonuniy yo‘lovchi tashish xizmatlarining oldini olishdir.
O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan bir necha haydovchilar aniqlandi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shu bilan birga, materiallar qonun talablariga muvofiq tegishli tartibda ularga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rish belgilandi.
