0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Joriy yilning 5 fevral kuni "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 1118-sonli Qonuni qabul qilindi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 8 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2025 yil 4 sentyabrda ma’qullangan.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima shaklidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 1131-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining to‘rtinchi va sakkizinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1252, 1254-moddalarida, 144-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 1461-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yo‘llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo‘l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik bilan bog‘liq qismida), 1763, 1764-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
