Nukus shahridagi avtobuslarda to‘siqsiz muhit o‘rganildi!

Chop etish Sahifani ulashish
28.04.2026 46 Yangiliklar

O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi, Ijtimoiy inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektorlari ishtirokida Nukus shahrida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

➤ Monitoring davomida 24A-sonli "Shimol - G‘arb avtovokzal - Barakatli yel ko‘chasi" va 7A-sonli "Nukus shahar savdo majmuasi - Shimoliy - G‘arb avtovokzal" avtobus yo‘nalishlari qamrab olindi:

O‘rganish davomida ayrim haydovchilarning nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga e’tiborsizligi, to‘xtash belgilariga e’tibor bermasligi va nogironlik aravachasidan foydalanuvchi yo‘lovchilarga panduslarni tushirib berish bo‘yicha ko‘nikmalari yetishmasligi kuzatildi.

Jamoat avtobuslarida axborot monitorlarining sozligi, haydovchilarning bekat qoidalariga rioya qilishi va yo‘lovchilarga ko‘rsatilgan amaliy yordam holatlari ijobiy baholandi.Aniqlangan har bir holat bo‘yicha haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.