0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
“Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida nuroniylarning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20 foiz chegirma taqdim etiladi.
Mazkur imtiyozdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — nuroniy nafaqaxo‘rlar foydalanishlari mumkin.
Chegirma har yili quyidagi davrlarda amal qiladi:
2–8-oktabr — “Keksalar haftaligi”;
1–30-noyabr — “Keksalar uchun turizm oyligi”.
Imtiyoz barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga tatbiq etiladi. Tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi bundan mustasno.
Chegirmali chiptalarni onlayn tarzda hamda temir yo‘l chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.
