0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Har haftaning seshanba kuni (2-kuni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi B.Seytmuratovning shaxsiy qabuli o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugungi qabul davomida fuqarolar o‘zlarining murojaatlari, fikr va takliflari bilan ishtirok etmoqda.
Shaxsiy qabulda yo‘lovchi tashish xizmatini takomillashtirish, transport infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulay transport xizmatlari ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Vazir tomonidan har bir murojaat tegishli tartibda tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan ayrim masalalarni tez fursatda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
