0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida ish olib borayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari kuchayadi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.06.2026-yildagi 276-son. (https://lex.uz/uz/docs/-8244019)
Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart etib belgilandi.
Yo‘l haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish orqali, shuningdek, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozi tasdiqlanmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanmoqda deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
