0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.06.2026-yildagi 276-son.)
Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.
Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
