Xavfsiz yo‘l - har birimizning mas’uliyatimiz

Chop etish Sahifani ulashish
19.05.2026 26 Yangiliklar

Erta tongdan Nukus shahri "Sapsan Trans Nukus" MCHJ xodimlari tomonidan, jamoat transportlarining ish boshlanishidan oldin, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining texnik ko‘rik va transport boshqaruvchilarining tibbiy ko‘rik jarayonlari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga haydovchilarga belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilish va yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilgan holda harakatlanish lozimligi bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib boriladi.

Bunday profilaktik targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Yo‘llarda xavfsizlik - bu nafaqat haydovchilarga, balki barcha harakat ishtirokchilariga bog‘liq. Har birimizning e’tiborimiz orqali yo‘llarda tartib va xavfsizlikni ta’minlash mumkin.