Rasmiy munosabat

Chop etish Sahifani ulashish
03.02.2026 48 Yangiliklar

Nukus shahri "Tele markaz" MFY fuqarolari tomonidan e’lon qilingan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz.

Murojaatda 68-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat raqami 130 RA bo‘lgan avtotransport boshqaruvchisi va konduktori o‘rindiqdan ortiq yo‘lovchilarni mindirganidan norozilik bildirgan.

Bu bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilganda avtotransport boshqaruvchisi ob-havoning keskin sovuq bo‘lganligi sababli yo‘lda maktab o‘quvchilarini mindirganligi aniqlandi va tashuvchi korxona rahbariyati tomonidan avtotransport boshqaruvchisiga yo‘lovchilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish kerakligi tushuntirildi va ogohlantirish berildi.