0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Kar24uz telegram kanali orqali e’lon qilingan video murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz.
Murojaatda To‘rtko‘l tumani Beruniy ko‘chasi bo‘yidagi avtobus bekatida avtobuslarning to‘planib turib qolishi boshqa avtotransportlarga xalaqit berayotgani bo‘yicha aytib o‘tilgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan shu joyda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida yo‘nalish biriktirilgan tashuvchi korxonalarga ogohlantirishlar asosida o‘sha kunning o‘zida bartaraf etildi.
Avtobuslarning belgilangan bekatlar orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
