Rasmiy munosabat

Chop etish Sahifani ulashish
20.07.2026 19 Yangiliklar

Turtkul24news telegram kanali orqali "Toshkent-Qo‘ng‘irot" yo‘lovchi poyezdidagi sovutish uskunalarining ishlamay qolgani bo‘yicha e’lon qilingan video murojaatga quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz.

"Toshkent-Qo‘ng‘irot" yo‘lovchi poyezdidagi vaziyat bo‘yicha tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘sha vaqtning o‘zida bartaraf etildi.

Hozirgi kunlarda respublikamiz hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi ta’sirida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasining qizishi natijasida sovitish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishi mumkin. Shu sababli ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir me’yorda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Yuqori harorat bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz va yuzaga kelgan vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.