0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan Markaziy bozor yonidagi avtotransportlar turargohidagi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilingan video murojaatga Transport vazirligi tomonidan quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz.
Ushbu murojaat bo‘yicha Transport vazirligi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida 10-sonli "Samanbay aholi punkti-Markaziy bozor" yo‘nalishidagi transport boshqaruvchilari o‘rtasida avtotransportlarga yo‘lovchi olish navbati bo‘yicha o‘zaro kelishmovchiliklar kelib chiqqani aniqlandi va kelib chiqqan noroziliklar shu vaqtning o‘zida bartaraf etildi.
