0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmati ko‘rsatilishini nazorat qilish, yo‘lovchi tashishlarni litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi hamda JPX inspektorlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning birinchi choragi davomida Beruniy tumanida jami 30 ta reyd tadbirlari o‘tkazilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan 55 nafar noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud organlari tomonidan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.
