Ma’naviyat va ma’rifat darsligi

Chop etish Sahifani ulashish
27.07.2026 14 Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining majlislar zalida "Ma’naviyat va ma’rifat darsligi"da "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’rifat jamiyati a’zosi, QQDU dotsenti X.A.Kabulov va Transport vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning turmush sifatini yaxshilashga, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishga va jamiyatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilganligi bo‘yicha keng tushuncha berildi.