0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi 2024 yil 14 noyabrdagi PQ-184-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda Transport nazorati inspeksiyasi yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Z.Abdisheripov, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Temirbekov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi bosh inspektori E.Dosanov, Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transporti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i I.Qalmuratov, Transport nazorati inspeksiyasi Suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi bosh inspektori A.Srimbetov va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Seminarda soha mutaxassislari tomonidan Farmonda qayd etilgan tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha keng ma’ruza qilindi.
