Temir yo‘l vokzallaridagi VIP zallardan foydalanish endi yanada qulay!

Chop etish Sahifani ulashish
14.07.2026 33 Yangiliklar

Endilikda VIP zal xizmatini uzrailpass.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishingiz mumkin. Xizmatni tanlang, to‘lovni amalga oshiring va shakllantirilgan QR-kod yordamida VIP zalga kiring.

 VIP zal xizmatlari yo‘lovchilarga:

▪️ Qulay kutish zonasi;
▪️ Zamonaviy sharoitlar;
▪️ Qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.


Xizmatni rasmiylashtirish uchun:

- Uzrailpass veb-saytiga kiring;
- "VIP zal" xizmatini tanlang;
- Kerakli vokzalni ko‘rsating;
- Onlayn to‘lovni amalga oshiring;
- QR-kodni olib, xizmatdan foydalaning.