Transport vazirligida press-tur o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2026 96 Yangiliklar

Bugun Transport vazirligida OAV vakillari jurnalistlar va blogerlar ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tdi.

Press-tur davomida jurnalistlarga transport sohasida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan yangi loyiha va islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

Tadbirda ishtirokchilar transport tizimini rivojlantirish, yo‘lovchi tashishni takomillashtirish, yo‘l xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Press-tur yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Bunday press-turda transport sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklar xalqqa ochiq va tushunarli tarzda yetkazishda muhim o‘rin tutadi.