E’LON

Chop etish Sahifani ulashish
23.06.2026 38 Yangiliklar

23-iyun kuni soat 22:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston - Portugaliya o‘yini munosabati bilan Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun Nukus shahri "Do‘stlik" kanali bo‘yidagi yoshlar maydonchasiga jamoamiz o‘yinini LED ekranlarda tomosha qilishga keluvchi tomoshabinlarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlarining ish vaqti uzaytirildi.

Markaziy bozor yonidagi avtotransportlar turargohidan harakatlanuvchi barcha yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha avtotransportlar bugun tungi soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.