0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Xalq bilan uchrashuv
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari B.Seytmuratov soha mutaxassislari bilan birgalikda Nukus tumani "Baxanshaqli" MFY hududidagi Madaniyat qishlog‘i fuqarolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hudud aholisi va Nukus tumani hududida transport sohasida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar soha mutaxassislari tomonidan muhokama qilinib, tegishliligi bo‘yicha joyida ijobiy tarzda qaror qabul qilindi.
Murojaat asosida Nukus tumanidan "Oqmang‘it - Madaniyat qishlog‘i" yo‘nalishi bo‘yicha tajriba tariqasida avtotransportlar yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
_2.jpg?1772790398273)
