0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat tashkiloti xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va zamonaviy elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida "E-Notarius.uz" portali, onlayn notarial xizmatlar va ularning afzalliklariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi bosh yuriskonsulti Z.Rasbergenov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat tashkiloti bosh yuriskonsulti I.Tlepbayeva tomonidan "E-Notarius.uz" portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron notarial xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar va ushbu tizimning afzalliklari bo‘yicha batafsil ma’lumot va amaliy tushunchalar berildi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik normalari, notarial xizmatlardan foydalanishning huquqiy asoslari va xodimlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha zarur huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir davomida ishtirokchilarning elektron notarial xizmatlardan foydalanish bo‘yicha huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalari yanada boyitildi.
