0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan hamda GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi doirasida “Yashil shahar transport yo‘lagi bo‘ylab asosiy ekologik ko‘rsatkichlar monitoring dasturi natijalari” mavzusida seminarlar tashkil etildi.
Nukus va Urganch shaharlarida bo‘lib o‘tgan seminarlarda Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida 2025-yili joriy etilgan transport yo‘lagining (BRT) iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish natijalari taqdimot qilindi.
Ko‘cha infratuzilmasi yaxshilanishi, unda ajratilgan avtobus yo‘lagi va velosiped yo‘laklari joriy etilishi, qo‘shimcha yashil landshaft maydonlari yaratilishi natijasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2026-yilda olingan ko‘rsatkichlar 2023-yilgi bazaviy indikatorlar bilan solishtirganda quyidagilar aniqlandi:
yo‘lak bo‘ylab yengil avtomobillarning o‘rtacha tezligi 18 foizga, avtobuslarning o‘rtacha tezligi 45 foizga oshgan;
jamoat transportida kunlik yo‘lovchi oqimi 8 052 taga yoki 9 foizga oshgan;
Atmosfera havosini ifloslanganligini o‘lchash sensorlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra yo‘lak bo‘ylab havo sifati yaxshilangan:
Xususan, azot dioksidi (NO₂) konsentratsiyasi 102 foizga, uglerod oksidi (CO) 33 foizga qisqargan.
Mayda dispers zarrachalar (PM 2.5, PM 10) konsentratsiyasi ham belgilangan normativlardan oshmagan.
Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab istiqomat qiluvchi aholi va yo‘lovchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, 610 nafar respondentlarning fikri o‘rganildi.
Aholining mazkur rekonstruksiya ishlari va transport yo‘lagidan qoniqqanlik darajasi 90 foiz ekanligi aniqlandi.
