Uzbekistan Airways’ning Nukusdagi sayyor qabuli

Chop etish Sahifani ulashish
24.09.2026 57 Yangiliklar

Aviakompaniya rahbariyati Nukusda tadbirkorlar, turoperatorlar, aviachipta sotuvi bo‘yicha agentlar, OAV va yoshlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi. Har bir murojaat va taklif ko‘rib chiqilib, javob qaytarildi. Shuningdek, takliflarning bir qismi bosh ofisda ishlab chiqish uchun tegishli tarkibiy bo‘linmalarga topshirildi.

Kun tartibida dolzarb yo‘nalishlar tarmog‘i, jumladan, Toshkentga kundalik aviaqatnovlar hamda Moskva va Olmaotaga muntazam parvozlar muhokama qilindi. Biznes vakillari raqamlashtirishni ijobiy baholadilar: elektron hujjat aylanmasiga o‘tish ishni sezilarli darajada optimallashtiradi va xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi.

Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov yoshlarning bortkuzatuvchilik kasbi haqidagi savollariga javob berar ekan, osmonga ko‘tarilishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Nomzodlardan xorijiy tillar, tarix va geografiyani bilish, shuningdek, mustahkam sog‘liq va stressga chidamlilik talab etiladi.