1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Chop etish Sahifani ulashish
01.06.2026 15 Yangiliklar

Bu sana har yili bolalarimiz bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Bayram munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Niyazov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov, vazir o‘rinbosari A.Sadirbekov bilan birgalikda Nukus shahri "Sharq" MFY "Ko‘klemzor" ko‘chasidagi "Bolalar uyi"ga borib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashdi va ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. So‘ng bayram bilan tabriklab, bayram sovg‘alarini topshirdi.

"Bola kulsa - olam guliston" deganlaridek, bugungi bolalarimizning quvonchi cheksiz. Kelajagimiz bo‘lgan bolalarimiz ota-onalari oldida omon bo‘lsin. Mamlakatimizning gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shadigan ma’lum bir kasb egalari bo‘lib yetishishini tilab qolamiz.