23-iyun — Davlat xizmati kuni  

Chop etish Sahifani ulashish
23.06.2026 50 Yangiliklar

Har yili 23-iyun kuni dunyo miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.
 
Ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targ‘ib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini e’tirof etishga, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi yuqori standartlarni joriy etishga qaratilgan.
 
Davlat xizmatchisi bu shunchaki lavozim emas, balki mas’uliyat, burch va vijdon ishidir. Har bir davlat xizmatchisining sa’y-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish maqsadi mujassam.
 
O‘zbekistonni yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyat yuritayotgan barcha davlat xizmatchilariga yangi-yangi zafarlar tilaymiz.
 
Taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichida oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishda, olib borayotgan mehnatingiz samarasi hamisha sermahsul bo‘lsin.