0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari A.Sadirbekov Amudaryo tumani "Qilichboy" QFY hududidagi o‘ziga biriktirilgan oila a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hudud aholisining murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, yo‘lovchi tashish xizmatini takomillashtirish, avtomobil yo‘llarining holati, transport qatnoviga qulaylikni oshirish va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Shuningdek, tegishli masalalar bo‘yicha mutasaddi idoralarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni mustahkamlashga, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga va transport xizmati sifatini yaxshilashga qaratilgan.
